Sogʻlomlashtirish kursi I – bosqich

Sogʻlomlashtirish kursi I – bosqich

Birinchi sogʻlomlashtirish kursi

10 kun 4 soatdan

Kuch va salomatligingizni tiklang, yosharish jarayonini mustaqil ishga tushiring.

Birinchi mashgʻulot BEPUL

Umr yoʻli koʻz oʻngimizda qanday kechadi?

Bola – quvnoq va sogʻlom.

Kattalar – sogʻligini yoʻqotib kunu tun ter toʻkadi

Keksalar – boshi kasalxonayu dorixonalardan chiqmaydi.

Kasalliklar umr davomida qor uyumi singari toʻplanib boradi.

Tasavvur qiling, butunlay boshqacha boʻlishi ham mumkin:

Bola – quvnoq va sogʻlom.

Kattalar – zimmalaridagi yukka qaramay, sogʻlom va quvnoq, faol va xushfeʼl.

Keksalar – quvnoq, sogʻlom va har bir kundan zavqlanmoqda.

Hayolparastlik? Hamma uchundir, ammo Norbekov sogʻlomlashtirish maskani 1–bosqich qatnashchilari uchun emas.

Vujudimizning turgan–bitgani hayrat. Unda oʻz oʻzini boshqarish, tiklash, sogʻlomlashtirish tizimlari yashiringan. Barcha imkoniyatlar bor, ammo uyquda. Ularni uygʻotish mumkin (va kerak!)

Qoʻlingizni yuragingiz ustiga qoʻying, ayting – qachon oʻzingizni mutlaqo sogʻlom his qilgansiz? Qachon hech qayeringiz ogʻrimagan, hech nima bezovta qilmagan, hech qaysi aʼzoingiz azob chekmagan?

Qachon oʻzingizni baxtli his qilgansiz – qalbingiz kuylagan, kayfiyat koʻtarinki, va nihoyat ogʻir oʻy–hayollar sizni oʻz holingizga qoʻygan vaqt qachon edi?

Birinchi sogʻlomlashtirish kursi sizga hech qanday dori–darmonlarsiz, shifokor va operatsiyalarsiz sogʻlom va baxtli boʻlishni oʻrgatadi.

Kursning davomiyligi bor–yoʻgʻi 10 kun. Sogʻlomlashtirish kursini oʻtgach, siz:

Mustaqil ravishda jismoniy va ruhiy salomatligingizni tiklashga;

Vujudingizning immun va boshqa tizimlarini qarshiligini koʻtarishga;

Toʻqimalar tiklanishi va yosharishning tezlashgan jarayonini ishga tushirishga;

Ahvolingiz, hissiy holatingiz, umumiy tonus va mehnat qobiliyatingizni yaxshilashga;

Natijalarga erishish va ularni ushlab qolishga;

Kasallikning asosiy sabablarini koʻrishga;

Xastalik oldidagi yoki yechimsiz vazifalar oldidagi qoʻrquvni yengishga;

Tevarak olamni toʻgʻri qabul qilishga erishasiz.

Diqqat! M.S.Norbekov sogʻlomlashtirish maskanida siz bu uslubiyotga ishonish ishonmasligingizdan qatʼiy nazar, salomatligingizni tiklaysiz. Mashgʻulotning birinchi kunidayoq amaliy va aniq natija olasiz. Ishonch muhim emas, qatnashsangiz bas. Siz shunchaki kasallikdan qutilasiz, xolos.

Markaz mutaxassislari va qatnashuvchilar koʻp bora haqiqiy “moʻʼjiza”larga guvoh boʻlishmoqda: tinglovchilarning oq sochlari qoraya boshlaydi, qomat oʻz holiga keladi, boʻy oʻsib vazn oʻzgaradi. Ogʻriqlar toʻxtaydi, teridagi muammolar yoʻqoladi. Koʻrish qobiliyati birinchi kunning oʻzida 1–2 dioptriyga yaxshilanadi. Va mashgʻulotlarning har kuni tinglovchilarga ajoyib natijalar keltiradi.

Haliyam shubhalanayapsizmi? Unda birinchi mashgʻulotda BEPUL shugʻullaning.

Nazariy bilimlar va amaliyotga yoʻgʻrilgan birinchi toʻliq ish kuni sizga kurs haqida toʻliq tasavvur beradi. Sogʻlomlashtirish kursini oʻtkazuvchi mutaxassis bilan tanishasiz, unga oʻzingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin.

Nazariy va amaliy mashgʻulotlarning birinchi kuni dasturida:

Sogʻlomlashtirish tizimi haqida – sharq va gʻarb bilimlarining birikuvi.
Feʼl–atvor va xastalik – kasalliklarning sabablari.
Fikr, hissiyot va jismoniy tananing oʻzaro bogʻliqligi.
Ginekologik urologik auto–massaj (kichik tos sohasida qon aylanishini yaxshilaydi; mioma, fibroma, mastopatiya, endometrioz, eroziya, bachadonda va tuxumdonlardagi shish, tsistit, hayz tsiklini meʼyoriga keltirish, prostatit, prostatat adenomasi, uretrit, arxit, tuxumdonlar shamollashi kabi ginekologik va urologik kasalliklarni bartaraf etadi; jinsiy faollikni oshiradi, gormonlarni meʼyorga keltiradi, kichik chanoq sohasi aʼzolari mushaklari tonusini tiklaydi, vujudni yoshartiradi)
Salomatlikni tiklashning 10 yoʻli (patentlangan kompleks dastur).
Boʻgʻimlar mushaklar gimnastikasi (umurtqalararo churralar, skolioz, artroz va x.k. larni bartaraf etadi)
Koʻzlar gimnastikasi (koʻrish qobiliyatini tiklaydi)
Qon tomirlar gimnastikasi (yurak qon–tomir tizimini tiklaydi, arterial qon bosimini meʼyorlashtiradi, qon aylanishini yaxshilaydi, varikoz, gemorroy kabilarni bartaraf etadi)
Ideomotor massaj – kapillyarlar, qon tomirlar va asab tizimini faoliyatini yaxshilovchi amaliyot.
Uy vazifasi uchun tavsiyalar.

TASHAKKUR!

Assalomu alaykum, odamlar sog’lig’i haqida tinmay jon kuydirayotgan qadrli jonkuyar Insonlar! Charchamayapsizlarmi? Shunday eng savobli ishga bel bog’laganlaringiz uchun Sizlarga katta rahmat!
Men akademik Mirzakarim Sanaqulovich Norbekovdan g’oyat minnatdorman! Ularning qilgan ishlari naqadar yaxshi. U kishining insonlar salomatligiga bunchalar qayg’urishiga ofarinlar deyman!
Ularning “Salomatlik kaliti yoxud ko’zoynaksiz hayot sari (“Tentakning tajribasi 1″) ” nomli kitobini o’qishni boshladim. Ko’rish qobiliyatim -3.5 dptr..O’zimga bo’lgan ishonchim kun sayin ortib bormoqda! Men o’zligimni anglayapman. Men tuzalib ketishimga ishonaman! Iltimos qilaman, mening tashakkurimni Ustozimga yetqizib qo’ysangiz. Men albatta ularning ishonchlarini oqlayman!
Qaniydi hamma ko’z shifokorlari bemorlarni Sizlarga yuborsa!.. Shunday yaxshi ish qilgan bo’lishardi-da.
Sizlarga bir taklifim bor edi. Boshqa davlatlarda, o’zingiz bilasiz, ushbu sistema televizorda reklama qilinadi. Bizning O’zbekistonda ham shunday qilinsa bo’lmaydimi? Odamlar, ma’lumki, ko’rgan narsalariga, ayniqsa, TV da ko’rganlariga ko’proq ishonishadi. Hatto reklama qilingan saqichga ham “yopishib olishadi”. Bilaman, Sizlarda ham bunday reja bo’lsa kerak. Lekin TV da reklama qilish masalasiga jiddiyroq kirishsangiz ajoyib bo’lardi!
Taklifimni o’ylab ko’rasizlar degan umiddaman. Ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman! Sog’-omon bo’ling!
Jizzax viloyati Zomin tumanidan Shohnazar Mamatkarimov.

Leave a Reply

Fayl tanglanmagan