Norbekov Markazi

 Salomatligimizni  tiklash va hayotning barcha jabhalarida muvaffaqiyatga  erishish uchun qanday qilib ichki zahiralarimizni ishga tushirishimiz mumkin

Siz bilan M.S.Norbekov sogʻlomlashtirish markazining saytida uchrashib turganimizdan xursandmiz.  Hozirgi kunga kelib  dunyo boʻylab  5 000 000 dan ortiq insonga  oʻz sogʻligini tiklashga yordam bergan  ushbu sistema haqida Siz bu yerda batafsil maʼlumotga ega boʻlasiz. Ular bir qarashda oddiy koʻringan mashqlar yordamida koʻz nurlarining oʻtkir  koʻrish qobiliyatini tiklab olishdi, koʻplab surunkali xastaliklardan  forigʻ  boʻlishdi, oʻzlariga boʻlgan va oʻzlarining kelajaklariga boʻlgan ishonchni mustahkamlab olishdi…

Ularning koʻpchiligi hayotlarini tubdan oʻzgartirib oldilar va hayotda ilgari hatto orzu ham qila olmagan yutuqlarga erishdilar.

Shunchaki Siz tasavvur qilib koʻring, mohir va ziyrak murabbiylar qoʻl ostida, siz ilgari mudrab yotgan oʻzingizdagi bunyodkorlik va zahira  kuchlarini xuddi sehrgar singari qadam-baqadam  ishga tushira boshlaysiz.

Oʻzingizga nisbatan boʻlgan hurmatingiz, qadr-qimmatingiz oshib boradi, ertalab kuch-quvvatga toʻlib, tetik holda uygʻonasiz.  Siz oʻzingizga ishongansiz va kelajakka aniq koʻz bilan qaray boshlaysiz, endi nimaiki ish boshlamang, barchasini uddasidan  chiqa olishingizni aniq bilasiz.

Sizning yoshingizni hozir nechada ekanining ahamiyati yoʻq. Amaliy natijalar shuni koʻrsatyaptiki, salomatlikni  istagan yoshda tiklash mumkin.

Albatta buning uchun sizdan ozgina boʻlsada harakat ham kerak. Aytishadi-ku, “Sizdan harakat – bizdan barakat!” – deb.

Biroq biz hamma bilan ham ishlayvermaymiz. Oʻzi uchun biroz boʻlsa-da harakat qilishni istamagan insonlar tabiiyki ijobiy natijaga ham erisha olmaydi.

Lekin biz Sizning kuchli inson ekanligingizni va oʻz hayotingizni yaxshi tomonga oʻzgartirishni istayotganingizdan xursandmiz, aks holda Siz bilan shu yerda, ushbu saytning sahifasida uchrashmagan boʻlardik.

Leave a Reply

Fayl tanglanmagan