Metodika xaqida

Uslub haqida maʼlumot

Eʼtiboringizga havola etmoqchi boʻlgan inson, ushbu ajoyib uslub muallifi Mirzakarim Sanaqulovich Norbekov – ruhshunoslik fanlari doktori, pedagogika fanlari doktori, tibbiyot falsafasi boʻyicha doktorlik unvoni sohibi, professor. Rossiya hamda qator xorijiy davlatlar akademiyalarining haqiqiy va muxbir aʼzosi. “Inson” institutining asoschisi va prezidenti “Sam chon do” boʻyicha va “Kyokusinkay” boʻyicha qora belbogʻ sohibi (3 dan).

Koʻp millionli kitobsevar doʻstlvrimiz uni jahon bestselleriga aylangan kitoblar muallifi sifatida yaxshi tanishadi.

– Salomatlik kaliti yoxud koʻzoynaksiz hayot sari (“Opыt duraka, ili Klyuch k prozreniyu”),

– Million tekin maslahat topish yoʻli (“Gde zimuyet kuzьkina matь, ili Kak dostatь xalyavnыy million resheniy”),

– Oʻz ustingda ishla (“Rabotay nad soboy”) va boshqalar.

Shu bilan birga hali rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan “Energeticheskaya klizma, ili triumf teti Nyurы iz Prostodыrovo” , “Uspex na vashu golovu i kak yego izbejatь”, “Trenirovka tela i duxa”, “Sekretы zdorovьya i molodosti, ili kak zarazitьsya lyubovьyu k sebe”, “Bolьshaya kniga o novoy jizni”, “Opыt duraka 2. Klyuchi k samomu sebe”, “Opыt duraka 3. Kak jitь i dobro najivatь: samostoyatelьnoye izgotovleniye semeynogo schastьya v domashnix usloviyax” kabi qator kitoblarning ham muallifi.

Bugungi kunga kelib, milliondan ortiq insonlarga sogʻlom hayot quvonchini qaytarib bergan shunday gʻaroyib oʻquv-sogʻlomlashtirish uslubi muallifining oʻzi ham bir paytlari 1-guruh nogironi boʻlganiga insonni hatto ishongisi ham kelmaydi. Ayni navqiron yigit paytida shifokorlar Mirzakarimni kasalini chorasiz, umid yoʻq deb topishdi. Lekin u xastalikni yengishga erisha oldi. Endilikda bu kuchli inson boshqalarga, xastalikdan chiqib olish va sogʻlom boʻlish yoʻllarini oʻrgatmoqda.

5 000 000 ortiq insonlar allaqachon oʻz salomatliklarini tiklab olishdi. “Tibbiyotning barcha kitoblarida sizning xastaligingiz bedavo deb yozilgan boʻlishi mumkin, lekin bu hayotda sizni ushlab turishga arzigulik nimadir boʻlsa – siz muvaffaqiyatga mahkumsiz” – deydi akademik Norbekov. Va bu shunchaki soʻzlar emas. Hozirgi kunda 5 000 000 ortiq insonlar Institut kurslarida oʻz sogʻliklarini tiklashga, hayot yoʻllarini ijobiy tomonga oʻzgartirib, muvozanatga keltirib olishga erishdilar. Kurslardagi mashgʻulotlar tufayli ijobiy kayfiyat va quvvatini tiklab olgan koʻp sonli tinglovchilar oiladagi, ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi, ishxonada jamoa orasidagi oʻzaro kelishmovchiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etib oʻzaro uygʻunlik muhitini tiklab olishga erishdilar. Uslub insondagi bunyodkorlik kuchlarini ishga tushirishdan tashqari, uning biznes ishlaridagi xavfsizligini taʼminlashga ham taʼsir qiladi. Koʻplab tinglovchilar kurs mashgʻulotlaridan keyin oʻzlarining shaxsiy ishlarini ochishgan.

Sogʻlik boʻyicha hayratomuz natijalar shuki mashgʻulotlarda 100 tinglovchidan 100 tasi oʻzining koʻrish quvvatini tiklaydi!

Oʻzining psixosomatik holatini sozlash yoki qayta tiklash tezkor oʻquv uslubi Mustaqil Ekspertlar Xalqaro Assotsiatsiyasi tomonidan 1998 yilda mashhur boʻlgan muqobil uslublar orasida eng samaralisi deb tan olingan. Koʻrish qobiliyatini tiklash borasidagi Norbekovning mualliflik metodikasi zamonaviy tibbiyotda toʻntarish hosil qildi. Bu qoʻllanma insonga hech qanday dori-darmonsiz va jarrohlik aralishuvisiz koʻrish qobiliyatini tiklashga yordam beradi, bu yana qator koʻz kasalliklari tashxisiga, shu jumladan zamonaviy tibbiyotda davosiz deb topilgan koʻz muammolariga ham tegishlidir. Ularning orasida – koʻrish nervi atrofiyasi, miopiya, astigmatizm, distrofiyaning turli koʻrinishlari, katarakta, glaukoma va h.k. Bu yerda Norbekov sogʻlomlashtirish markazidagi mashgʻulotlarda bartaraf etiladigan tashxislarning barchasini sanab oʻtishning imkoni yoʻq. Lekin oʻz ustida ishlashlari natijasida tinglovchilarning 100 tadan 97-98 tasi oʻz sogʻliklarini oʻn kunlik oʻquv mashgʻulotlari davomidayoq tiklashga erishayotganlarini aytib oʻtish muhim.

Norbekov sistemasi boʻyicha butun dunyoda shugʻullanishmoqda

Norbekov sistemasi boʻyicha oʻquv kurslari oʻtkazish uchun 1998 yilda akademik M.S.Norbekov rahbarligi ostida “Inson” instituti tashkil etildi. Institut tashkil etilguniga qadar sistema 25 yil mobaynida Oʻzbekiston hududida va Rossiyaning qator shaharlarida shakllandi va mukammallashib bordi. Yigirma besh yildan ortiq muddat davomida juda katta tajriba orttirildi, yangidan yangi metodikalar topildi, ilmiy kashfiyotlar qilindi, qator unvonlar va xalqaro diplomlarni qoʻlga kiritildi. Klinik tadqiqotlar nafas olish sistemasida, ovqat hazm qilish, peshob ajratish, yurak-qon tomir, asab, endokrin, immun sistemalari bilan bogʻliq surunkali xastaliklarda ajoyib natijalarni tasdiqladi. Hozirgi kunga kelib Norbekov sistemasi boʻyicha kurslar Rossiyaning 200 dan ortiq shaharlarida, MDH davlatlarida, Bolgariya, Boltiq boʻyi, AQSh, Kanada, Germaniya, Angliya, Isroil, Yangi Zelandiya, Gretsiya, Turkiya, Misr, Italiya va boshqa davlatlarda oʻtkazilmoqda.

Bunga ishonish qiyin…

M.S.Norbekov juda koʻplab sohalarda mutaxassis boʻlibgina qolmay katta yutuqlarga ham erishdi.

Biznes bilan shugʻullanib bu sohada ham u mulьtimillioner darajasiga erisha oldi, bu holatning quvonchu gʻamlarini tatib koʻrdi, moddiy boylik ortidan quvishdan toʻxtash uchun oʻzida kuch topa oldi va butun kuchini maʼnaviy izlanishga yoʻnaltirish uchun ongli ravishda moddiy boylikdan voz kecha oldi.

Mirzakarim Sanaqulovichning yigirma toʻrt yoʻnalish boʻyicha shogirdlari bor. Bitta insonning ortidan hayotning turli sohasi va yoʻnalishi boʻyicha koʻp ming sonli izdoshlari boʻlishiga ishonish qiyin. Sportda, biznesda, oʻqituvchilik, psixologiyada, tibbiyotda, devoriy oʻymakorlik, musiqa, kinoda, estradada, yozuvchilikda va boshqa sohalarda.

Bu inson tufayli millionlab insonlar nafaqat oʻz sogʻliklarini tiklabgina qolmay oʻzlariga boʻlgan ishonchlari ortdi. Norbekov murabbiy sifatida ham sportning turli yoʻnalishlarida oʻnlab chempionlarni tarbiyalab yetishtirdi. Minglab insonlarga biznesga yoʻl koʻrsatdi. Hozirda oʻz sohasida muvaffaqiyatga erishganlari oʻzlarining super boylar klubini tashkil etishgan va ularning qatori kundan-kunga kengayib bormoqda. Mirzakarim Sanaqulovich qator institutlar va akademiyalar ochgan. Yana shuni ham aytib oʻtish joizki Mizakarim Sanaqulovich Norbekov koʻplab jahon miqyosidagi insonlarning maslahatchisi! Bu muvaffaqiyatlarning siri oddiy… Mirzakarim Sanaqulovich Norbekov – gʻalabaga erishish sanʼati boʻyicha mutaxassis. Undagi eng muhim isteʼdod – bu inson tabiatining bilimdoni ekanligi va insonlarni, hayotni seva olish qobiliyati! Bu gʻayrioddiy inson boshqalarda ham oʻzidagi kabi hayotni sevuvchanlik, cheksiz isteʼdod egasi boʻlish, yosh boladek qiziquvchan, sarkardadek mard, kuchli, oldinga intiluvchan, ustozdek har tomonlama bilimli, xotirjam, sabr-toqatli boʻlish istagini uygʻotadi.

Leave a Reply

Fayl tanglanmagan