Yakka tartibdagi mashg‘ulotlar

2018-11-25 20:31 231 0
“Ertadan boshlab badantarbiya bilan shug‘ullanaman, ertadan mashqlarni bajaraman, parhez tutaman, kechki oltidan keyin endi ovqat yemayman, ertalablari turib yuguraman, chekishni tashlayman….” Vaqti vaqti bilan ko‘pchiligimizda shunaqa xayollar bo‘ladi. Shunday emasmi? Va shu tarzda har kuni ……Mana ertangi kun ham yetib keldi…..Ish, biznes, tijorat, bolalar, maktab, bolalar bog‘chasi, magazin, bozor… juda borsa haftasiga 1 yoki 2 marotaba fitnes yoki basseynga boramiz (bu juda a’lo, lekin hammada ham shunday emas)….kech tushdi…. va uyqudan avval (bu birinchi marta emas) qat’iyan o‘zingizga ertaga “yangi hayotimni boshlayman” deb va’da berasiz….Lekin uyg‘onganingizda yana BUGUNgi kunda ekaningiz ma’lum bo‘ladi! Ertaga esa hecham kelavermaydi……Doim yanayam muhimroq ishlarimiz chiqib qoladi, katta shaharning telbasimon ritmidan charchagan tanamiz esa sekin sekin yillar domiga ilinib turli kasalliklarga chalinib boraveradi. Balkim sog‘ayishingiz va xush kayfiyatingizni o‘zingiz rejalashtirishingizni boshlash vaqti kelgandir? Buning uchun bizda hamma sharoit muhayyo! Yakka tartibdagi mashg‘ulotlarning qator afzalliklari bor: • Mashg‘ulotlarni o‘zingiz rejalashtirasiz! • Mashg‘ulot dasturi sizning muammolaringiz, istaklaringizni, tanangizni xususiyatlarini inobatga olgan holda tuziladi. • Mashg‘ulotlar siz uchun qulay bo‘lgan vaqt va joyda o‘tkaziladi. • Siz sog‘ligingiz, shaxsiy kamolotingiz, qarama qarshi jins bilan munosabatlar, bolalar va ota-ona bilan munosabatga tegishli masalalaringizni hal etasiz. • Hayotiy masalalaringizni hal etishda kompleks yondashuv qisqa vaqt ichida (10 kundan 15 kungacha) Sizga hayot lazzatini va sog‘ligingizni qaytarishda ko‘maklashadi. Yakka tartibdagi mashg‘ulotlar faqat oliy toifali, M.S.Norbekov sog‘lomlashtirish markazida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Barcha savol va shart sharoitlarni birinchi bepul konsultatsiyada muhokama etishingiz mumkin.

0 izoxlar



Izox qoldirish


Copyright © Norbekov.uz 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.
Sayt yaratuvchisi Usayt